Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:42

Bag‘doddagi terror hujumlarida kamida 93 kishi halok bo‘ldi


Iroq poytaxti Bag‘dodda 11 may kuni sodir etilgan terror hujumida halok bo‘lganlar soni kamida 93 kishiga yetdi.

Kecha Bag‘dodning shialar istiqomat qiluvchi Sadr siti mavzesidagi bozorda kunning birinchi yarmida portlovchi moslama o‘rnatilgan avtomashina portlatilishi oqibatida kamida 63 kishi halok bo‘lgani va 80 odam yaralangani haqida xabar qilingan edi.

Kunning ikkinchi yarmida Bag‘dodning shialar yashovchi Qadimiya va sunniylar yashovchi Jomiya mavzelarida yana ikkita avtomobil portlatilgan. Buning oqibatida kamida 30 odam halok bo‘lgan.

Portlashlar uchun mas’uliyatni “Islomiy davlat” guruhi o‘z zimmasiga oldi va mazkur terror harakatlarini xudkushlar amalga oshirganini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG