Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:52

Bugun AQSh Ruminiyada raketaga qarshi mudofaa tizimi taqdimotini o‘tkazadi


Bugun Qo‘shma Shtatlar Rossiya xavotir bildirganiga qaramay, Yevropadagi raketaga qarshi mudofaa tizimi ishga tushirilganini e’lon qiladi.

Ruminiyada o‘tadigan mazkur tadbirda AQSh va NATO rasmiylari ishtirok etadi. AQSh mazkur tizim Eron tomonidan qilinishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy hujumning oldini olishga qaratilganini aytib, tizim Rossiya xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatmasligini bildirib keladi.

Kreml esa Yevropadagi raketaga qarshi mudofaa tizimi Rossiyaga qarshi qaratilgan, deb hisoblaydi. Moskva 11 may kuni "Mudofaa tizimining ishga tushirilishi Rossiya milliy xavfsizligiga tahdid soladi", deb bayonot tarqatdi.

13 may kuni Qo‘shma Shtatlar Polshada raketaga qarshi ikkinchi mudofaa tizimini barpo etish ishlari boshlanishi haqida e’lon qiladi. Mazkur tizimni 2018 yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.

XS
SM
MD
LG