Линклар

logo-print

Pokistonda 11 may kuni xotini, onasi va singlisini boshqa erkaklar bilan aloqa qilganlikda gumonlab, otib tashlagan shaxs qidirilmoqda.

Politsiya mazkur shaxs qotillikni ikki sherigi yordamida amalga oshirgan, deb hisoblamoqda. Voqea Panjob viloyatining Faysalobod shahrida sodir etilgan.

Mahalliy politsiyaning bildirishicha, qotillar voqea joyidan qochishga ulgurgan. Ayni paytda ularni qidirib topish bo‘yicha amaliyotlar o‘tkazilmoqda.

Pokistonda ayollarni o‘zga erkaklar bilan aloqa qilganlikda gumonlab o‘ldirish holatlari tez-tez sodir etiladi.

O‘tgan haftada politsiya Abbotobod shahrida sevgan yigiti bilan turmush qurish uchun qochib ketishga harakat qilgan qizni o‘ldirgani uchun 10 kishini qamoqqa olgan edi.

XS
SM
MD
LG