Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki o‘z yangi hisobotida 2016 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi oshishiga oid prognozni avvalgi 7¸2 foizdan 6¸5 foizga tushirdi.
2015 yilgi o‘sish darajasi¸ O‘zbekiston rasmiylariga ko‘ra¸ 8 foiz atrofida bo‘lgan.
YeTTB tahlilchilariga ko‘ra¸ 2016 yilgi prognozning pasaytirilishiga¸ asosan¸ Rossiyadan O‘zbekistonga yuborilayotgan pul jo‘natmalarining kamaygani sabab bo‘lgan.
O‘zbekiston hukumati 2016 yilgi iqtisodiy o‘sish sur’atining 7.8 foiz bo‘lishiga oid o‘z prognozini hali o‘zgartirmagan.
TeTTB taxminicha¸ 2017 yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi o‘sishining 6¸2 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Keyingi yilgi o‘sish tempining pasayishiga¸ mamlakat iqtisodidagi strukturaviy muammolar¸ shuningdek¸ jahon bozorida xom-ashyo narxining tushishi sabab bo‘lishi aytilmoqda.
2016-2017 yillarda O‘zbekistondagi rasmiy inflyatsiya ko‘rsatkichining 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.