Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:21

Hukumat buyurtmani bajarmaydigan fermerlarga nisbatan jazoni kuchaytirdi


O‘zbekiston hukumati o‘zi bilan shartnoma tuzib¸ unda zimmasiga olgan davlat buyurtmasini belgilangan miqdor va vaqtda topshirmagan fermerlarga nisbatan joriy etilgan jarima miqdorini oshirdi.

Bundan so‘ng¸ rejani bajarmagan fermer topshirilmagan mahsulot qiymatining 30 foizi miqdorida jarimaga tortiladi.

Ayni paytda¸ tayyorlovchi tashkilot ham fermer bilan shartnomada ko‘rsatilgan turlar va muddatlar bo‘yicha mahsulotni qabul qilishdan bosh tortgan har bir holat uchun fermerlik xo‘jaligiga 30 foiz miqdorda jarima to‘laydigan bo‘ldi.

O‘zbekistonda hozirga qadar paxta va g‘alla ekinlari yetishtiruvchi fermerlar davlat buyurtmasini bajarish majburiyati ostida ishlagan bo‘lsa¸ 2016 yildan boshlab¸ meva va sabzavot yetishtiruvchi fermer-dehqonlarga ham davlat buyurtmasi joriy etildi.

Xorijdan kelayotgan valyuta tushumlari keskin kamayib ketgani ortidan hukumat 2016 yilda Rossiyaga sotiladigan meva-sabzavot miqdorini o‘nlab baravarga oshirishni rejalamoqda.

XS
SM
MD
LG