Линклар

Xalqaro valyuta jamg‘armasi bosh direktori Kristin Lagardga ko‘ra¸ bir yil davomida jahon bo‘ylab beriladigan pora miqdori 1¸5 trillion dollardan 2 trilliongacha boradi. Bu raqam global iqtisodning 2 foiziga tengdir.

Korrupsiyaning iqtisodga ta’siri halokatli ekanini ta’kidlagan XVJ rahbari¸ buning oqibatida maorif va ta’lim¸ sog‘liqni saqlash kabi jahondagi kambag‘allar o‘ta muhtoj bo‘lib qolayotgan xizmatlarga sarflanadigan pullar miqdori kamayib ketayotganini ta’kidladi.

Londonda ish boshlagan korrupsiyaga qarshi sammit arafasida gapirgan Lagard¸ jahon bo‘ylab aylanayotgan pora miqdorining nihoyatda katta ekani¸ davlat vakolatlarini shaxsiy manfaat yo‘lida suiste’mol qilish oqibatida hukumatlarga nisbatan ishonchsizlikni kuchaytirib boraëtganiga e’tibor qaratdi.

Jahon davlatlaridagi korruptsiya darajasini tahlil qiluvchi Transparency International tashkilotiga ko‘ra, O‘zbekiston korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlardan biri bo‘ib qolmoqda.

XS
SM
MD
LG