Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:34

Eron bu yil o‘z fuqarolarini Haj ziyoratiga yubormaydigan bo‘ldi


Tehron hukumati bu yil o‘z fuqarolarini hajga yubormasligini e’lon qildi va Yaqin Sharq mintaqasidagi ashaddiy raqiblar bo‘lmish Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchaydi.

Tehronga ko‘ra¸ Saudiya hukumatining Haj ibodatini risoladagiday tashkil qila olmagani oqibatida o‘tgan yilgi Hajpaytida yuzaga chiqqan tiqilinchda 2426 odam o‘ldi va ularning 464 nafari eronlik hojilardir.

Eron Madaniyat vaziri Ali Jannatiyning aytishicha¸ xavfsizlik muammolarini hal qilish maqsadida Tehron va Riyod o‘rtasida bir necha oy davom etgan muzokaralar natijasiz tugagan.

“Sabotaj saudiylardan chiqdi. Ular bizning viza berish¸ eronlik ziyoratchilar xavfsizligi va tashilishiga oid takliflarimizni qabul qilmadilar”¸ dedi Jannatiy davlatga qarashli IRNA agentligiga.

Yanvar oyida Saudiya Arabistoni taniqli shia ulamosini qatl qilganidan so‘ng mamlakatning Tehrondagi elchixonasi norozilik namoyishlari qurshovida qoldi va shundan so‘ng Riyod Tehron bilan diplomatik munosabatlarni uzib qo‘ydi.

XS
SM
MD
LG