Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:32

Koreyada o‘tkazilgan xalqaro notiqlik bellashuvida o‘zbek talabasi g‘olib bo‘ldi


Payshanba kuni Janubiy Koreyaning Kyunghee universitetida bo‘lib o‘tgan notiqlik bellashuvining final musobaqasida o‘zbekistonlik talaba Baxtiyor Rahimboboev g‘olib bo‘ldi.

15 davlatdan kelgan 17 finalist orasida chiqish qilgan Rahimboboev “Janubiy Koreyada osiyoliklarga nisbatan ko‘zga ko‘rinmas diskriminatsiya” degan mavzuda nutq so‘zlagan.

“Koreya uchun umid” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur musobaqa finalistlarini 700 ga yaqin talaba va o‘qituvchi-professorlar auditoriyasi qo‘llab-quvvatlagan.

Koreyadagi Xalqaro ta’lim instituti tomonidan o‘tkazilgan bu yilgi notiqlik bellashuvining dastlabki bosqichida 43 davlatdan 1325 talaba ishtirok etgan.

XS
SM
MD
LG