Линклар

logo-print

Toshkentda Varshava Katta sirki namoyishi paytida fillar nazoratdan chiqishi oqibatida tomoshabinlar orasida vahima va tartibsizlik yuzaga keldi. Bu haqda Qalampir.uz nashri payshanba kuni xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bu voqea 6 may kuni yuz bergan bo‘lsa-da, bu haqda 12 may kuni ma’lum bo‘lgan.

Toshkent sirki manej inspektori Farrux Davlatov mazkur xabarni tasdiqlar ekan, fillar tomoshadan so‘ng nimadandir bezovtalangani va qo‘rqib ketgani oqibatida manejdan chiqib, tomoshabinlar o‘tirgan hududga o‘tishga harakat qilganini tasdiqladi. Buning oqibatida tomoshabinlar orasida fillar quturgan, degan tasavvur paydo bo‘lib, vahima uyg‘ongan.

Manej inspektorining aytishicha, hayvon o‘rgatuvchilar tez orada fillarni tinchlantirishga muvaffaq bo‘lgan va tomoshabinlardan hech biriga ziyon etmagan.

Xabarda bunday voqea Toshkent sirkida birinchi marta yuz bergani ham ta’kidlangan. Farrux Davlatov sirkda tomoshabinlar xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilganini aytib, fillar quturmaganini alohida ta’kidladi.

Varshava sirkining Toshkent gastrollari 1 maydan 5 iyungacha davom etadi.

XS
SM
MD
LG