Линклар

Pokistonda o‘tgan yili taniqli huquq faolini o‘ldirganlikda hamda avtobus yo‘lovchilariga hujum qilganlikda ayblanayotgan Al Qoidaning besh janggarisi o‘lim jazosiga hukm qilindi.

Janggarilar harbiy tribunal tomonidan sud qilingan. 12 may kuni Pokiston armiyasi qo‘mondoni general Rahil Sharif janggarilarga chiqarilgan o‘lim jazsoini tasdiqladi.

O‘tgan yilning may oyida janggarilar Karachi shahrida avtobusga hujum qilib, 45 yo‘lovchini o‘ldirgan edi. Ularning barchasi ismoiliylar oqimiga mansub bo‘lgan. Mazkur terror harakati uchun mas’uliyatni “Islomiy davlat” guruhi o‘z zimmasiga olgan edi.

Qo‘lga olingan janggarilar, shuningdek, o‘tgan yilning aprel oyida Karachida huquq faoli Sabin Mahmudni o‘ldirganini ham tan olgan.

XS
SM
MD
LG