Линклар

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik xizmati “Xalq parlamenti” muxolifat harakatining uch liderini davlat to‘ntarishiga urinishda gumonlab qamoqqa oldi.

Xabarlarda aytilishicha, hokimiyatni zo‘rlik bilan bosib olish moddasi bilan ayblanayotgan Bekbolot Talgarbekov, To‘raboy Kolubaev va Marat Sultanovlarning uylarida tintuv o‘tkazilgan.

12 may kuni “Xalq parlamenti” harakatining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Yig‘ilishda muxolifatchilar 17 maygacha prezident Almazbek Atambaevning iste’foga chiqishini talab qilgan. Muxolifatchilar o‘z talablari bajarilmasa mamlakat bo‘ylab norozilik mitinglari uyushtirishlarini e’lon qilganlar.Shuningdek, “Xalq parlamenti” liderlari ularni “Rossiya qo‘llab-quvvatlashi”ni ham alohida ta’kidlagan edilar.

XS
SM
MD
LG