Линклар

BMTning Inson huquqlari qo‘mitasi ekspertlari Qozog‘iston hukumatini qishloq xo‘jalik yerlarini sotishga omil yaratuvchi qonunga norozilik bildirib miting uyushtirganlarni hibsga olish va jinoiy javobgarlikka tortishni to‘xtatishga chaqirdi.

So‘nggi ikki hafta davomida yuzlab qozog‘istonliklar qator shaharlarda yerlarni sotishga imkon yaratuvchi qonunga norozilik bildirib ko‘chaga chiqqan edi. Norozilarning ayrimlari jamiyat o‘rtasiga nifoq solish ayblovi bilan qamoqqa olingan.

BMT ekspertlari 12 may kuni tarqatgan bayonotda Qozog‘iston hukumatidan norozilarni ta’qib qilishni zudlikda to‘xtatish hamda fuqarolik jamiyatini himoya qilishga qaratilgan samarali vositalarni ishlab chiqish talab qilinadi.

Qozog‘istonda qabul qilingan yangi qonunga binoan qishloq xo‘jalik yerlarini 25 yilgacha ijaraga berish mumkinligi nazarada tutilgan edi. Qozog‘istonliklar bu qonun yerlarning xorijliklarga sotilib ketishiga asos bo‘ladi, deb hisoblab norozilik namoyishlari o‘tkizgan.

Nursulton Nazarboev norozilik chiqishlari ortidan 5 may kuni qonun ijrosiga 2017 yilgacha moratoriy kiritgan edi.

XS
SM
MD
LG