Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:55

Farg‘onada to‘rt oyda MDH fuqarolari 57 qonunbuzarlikni sodir etdi


Joriy yilning to‘rt oyi davomida Farg‘ona viloyatida MDH mamlakatlaridan kelgan fuqarolar Farg‘ona viloyatida 57 qonunbuzarlikni sodir etdi. Bu haqda 12 may kuni O‘zTAG xabar tarqatdi.

Agentlikning Ichki ishlar vazirligidagi manbaga tayanib xabar berishicha, qonunbuzarliklarning 47tasi Qirg‘iziston, 7tasi Tojikiston va 3tasi Rossiya fuqarolari tomonidan sodir etilgan.

Qonunbuzarliklarning asosiy qismini O‘zbekiston hududida xorij fuqarolarining bo‘lishi tartib-qoidalarining buzilishi tashkil etadi. Ayni paytda MDH fuqarolari tomonidan og‘ir jinoyatlar, jumladan, parnografik mahsulotlarni tayyorlash va tarqatish, talonchilik, tovlamachilik, kontrabanda kabi jinoyatlar ham sodir etilgan.

XS
SM
MD
LG