Линклар

Mayk Ekkel

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12 may kuni Sochi shahriga safar qildi. U yerda Putin Rossiya harbiylari hamda Rossiyaning eng so‘nggi texnologiyalarini hamda qurollarini ko‘rsatishga oshiqayotgan harbiy texnika ishlab chiqaruvchi shirkatlar vakillari bilan uchrashdi.

Rossiya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Putinga gidlik qilgan general Aleksandr Savchenko Putinga “UAZ” avtomobil shirkati tayyorlagan yangi zirhli mashinani ko‘rsatishga oshiqqan.

Kameralar ishlab turgan bir paytda Putin yo‘lovchi o‘tiradigan eshikni ochishga uringan. Savchenko Putinga yordam berish uchun eshik dastasini tortgan. O‘sha payt kutilmaganda dasta sinib qolgan.

Putin istehzo bilan jilmayar ekan, uning ortida turgan general Valeriy Gerasimov lol qolgan. Kremlparast LifeNews telekanali efirga uzatgan videoda Savchenko sinib qolgan dastani mashina ichiga uloqtirib, eshikni ichidan ochishga urinayotganini ko‘rish mumkin.

“Vedomosti” nashrining xabar qilishicha, hodisani kuzatib turgan Putin “Yashanglar!” degan.

Old tomondagi eshikni ocha olmagan Cavchenko orqa eshikni ochgan. Ammo videoda Putin buning ortidan mashinaga mingan-minmaganini ko‘rib bo‘lmaydi.

Putin ilk marotaba ishlamay qolgan texnikaga duch kelayotgani yo‘q.

Besh yil avval prezidentga “Lada”ning yangi modelini haydab ko‘rish imkonini berishgan edi. Aytish joizki, “Lada” avtomobillari xalq orasida yuqori sifati bilan nom chiqargan emas. Kameralar oldida mashinaga o‘tirgan Rossiya prezidenti uni yurg‘iza olmay qiynalgan edi.

Keyingi yillarda bunday holatlar ko‘p kuzatildi.

2015 yil Qizil maydonda bo‘lib o‘tgan G‘alaba paradi davomida yangi rusumdagi T-14 “Armata” tanki o‘chib qolgan, uni sudrab olib ketishga majbur bo‘lishgan edi.

Aynan o‘sha kuni Qizil maydonga etay deb qolgan “Buk M-1” zenit-raketa kompleksi yonib ketib, paradni tomoshga qilayotgan minglab odam qora tutun ichida qolgan, natijada o‘t o‘chiruvchilar chaqirilgan edi.

XS
SM
MD
LG