Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:03

Prokuratura kollej o‘quvchilarning to‘yini to‘xtatdi


“Buxoroda kollejni tugatmay oila qurayotgan yoshlarning to‘yi to‘xtatildi”

Gala Osiyo qurilish kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan yigit va qizning to‘y to‘xtatildi.

Buxoro tuman prokurori Alijon Qilichevning “Huquq” gazetasida yozishicha, yigit va qiz kollejni tugatmay turmush qurayotgani haqida ma’lumot olingach, ularning ota-onasi prokuraturaga taklif etilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.

Xabarga ko‘ra, natijada yigit va qizning ota-onasi farzandlarini vaqtli oila qurishi noto‘g‘ri ekanini tushunib yetgan va to‘y qoldirilgan.

“Toshkent kadastr idorasi xodimlarining noqonuniy harakatiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ishonch telefoni joriy qilindi”

Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi jismoniy

va yuridik shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani ta’minlovchi ishonch telefoni joriy etdi (“Toshkent oqshomi”, 11 may).

Ishonch telefoni kadastr tizimi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik, fuqaro va tashkilotlarning huquqlari poymol etilmasligi uchun amalga kiritildi.

Endilikda kadastrga oid shikoyatlar bilan fuqaro va tashkilotlar 239-35-21 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

“Yolg‘on gapirish sog‘liqqa zarar ekani isbotlandi”

Olimlar yolg‘on so‘zlash shaxsiy munosabatlarni buzibgina qolmay, sog‘liqqa ham zarar ekanini isbotlashdi (“Iste’molchi”, 11 may).

Tadqiqotchilar ikki guruh ko‘ngillilar o‘rtasida tajriba o‘tkazgan. Birinchi guruhdagilarga nima bo‘lganda ham rost gapirish tavsiya etilgan. O‘n haftadan keyingi o‘rganishlar asnosida rost gapirganlarda bosh, tomoq og‘rig‘i, stress hamda xavotirlanish kabi salbiy holatlar qayd etilmagan.

Yolg‘on gapirganlarda esa aks holat kuzatilgan. Shunga asosan olimlar yolg‘ondan chetda bo‘lish, iloji bo‘lsa, umuman yolg‘on gapirmaslikni maslahat bergan.

XS
SM
MD
LG