Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:26

Suriyada Hizbulloh qo‘mondonlaridan biri o‘ldirildi


Suriyadagi portlashda Hizbulloh guruhining yetakchi qo‘mondonlaridan biri Mustafa Badriddin o‘ldirildi.

Beyrutdagi Al-Mayadeen telekanali xabariga ko‘ra, Mustafa Badriddin Isroil tomonidan uyushtrilgan havo hujumi payti o‘lgan. Ayni paytda Isroil bu ma’lumotni izohlaganicha yo‘q.

Mustafa Badriddin Livan Bosh vaziri Rafiq Haririyning o‘limida sirtdan ayblanib, sudlangan to‘rt kishidan biridir.

Hizbulloh Badriddinning o‘limini tasdiqlab, uni 1981 yildan beri jangovar tadbirlarda ishtirok etganini bildirdi.

Fors qo‘ltig‘idagi mamlakatlar Livandagi asosiy siyosiy kuchlardan biri va Suriya prezidenti Bashar Assadning harbiy ittifoqchisi bo‘lgan Hizbulloh guruhiga bosim o‘tkazib keladilar.

Fors qo‘ltig‘idagi Arab davlatlari hamkorlik kengashi bu guruhni ko‘rfaz mamlakatlarida yoshlarni terror xurujlariga jalb qilayotganlikda ayblab uni terrorchi tashkilot deb e’lon qilgan.

XS
SM
MD
LG