Линклар

Bugun AQShning Toshkentdagi elchixonasi 11 yil avval Andijonda ro‘y bergan voqealarni xotirlab, “fojia paytida va uning oqibatida aziyat chekkanlarga chin yurakdan hamdardlik” bildirdi.

Qo‘shma Shtatlar tinchlik va barqarorlikning eng to‘g‘ri vositasi sifatida o‘zaro totuvlik, barcha fuqarolar huquqlariga nisbatan mas’uliyat va hurmat bildirilishini muntazam ravishda rag‘batlantiradi, deyiladi qisqa bayonotda.

AQShdan boshqa davlatlar elchixonalari Andijon voqealari 11 yilligi munosabati bilan bayonot e’lon qilgani yo‘q.

2005 yil 13 may kuni Andijonning Bobur maydonida ro‘y bergan voqealarda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 187 odam halok bo‘lgan. Lekin huquq faollari beradigan norasmiy raqamlarga ko‘ra, 500 nafardan 1500 nafargacha namoyishchi o‘ldirilgani taxmin etilgan.

XS
SM
MD
LG