Линклар

Andijon qirg‘inining 11 yilligi munosabati bilan xalqaro huquq tashkilotlari jahon hamjamiyati, birinchi navbatda G‘arb davlatlarini 2005 yil 13 may kungi voqealarni unutmaslikka chaqirdi.

Qo‘shma Shtatlar, Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro siyosat ishtirokchilari Andijon qatliomidan 11 yil o‘tib O‘zbekiston hukumatini javobgarlikka chaqirishi lozim, deyiladi Hyuman Rayts Uotch tashkiloti bugun e’lon qilgan bayonotda. Tashkilot 2005 yil 13 may kuni O‘zbekiston hukumati qo‘shinlari asosan tinch aholidan iborat yuzlab namoyishchini o‘ldirganini ham eslatadi o‘z bayonotida.

Juma kuni Fransiya va Norvegiyadagi bir qator tashkilotlar e’lon qilgan qo‘shma bayonotda ham 11 yil avval ro‘y bergan qonli voqealar O‘zbekiston hukumati bugun ham davom ettirayotgan repressiyalar manbasi bo‘lib qolayotgani ta’kidlanadi.

Markaziy Osiyoda Inson huquqlari uyushmasi, Chegara bilmas muxbirlar, Norvegiya Helsinki qo‘mitasi, Inson huquqlari uchun xalqaro hamkorlik, Qiynoqlarni tugatish bo‘yicha nasroniylar harakati vakillari nomidan tarqatilgan bayonotda 13 may isyoni to‘g‘risida gapirish istagida bo‘lganlar O‘zbekiston hukumati ta’qiblariga duch kelayotganidan tashvish bildiriladi va xalqaro hamjamiyatdan Toshkent hukumati inson huquqlari vaziyatini yaxshilash borasida bosim o‘tkazish talab etiladi.

XS
SM
MD
LG