Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:05

Moskva politsiyasi: 20 foiz jinoyatda muhojirlar qo‘li bor


A.Yakunin G.Butsek bilan
A.Yakunin G.Butsek bilan

“Moskvada jinoyatlarning 20 foizi nolegal muhojirlar tomonidan sodir etilmoqda”. Bunday bayonot bilan chiqqan Moskva shahar politsiyasi rahbari Anatoliy Yakunin aynan “kelgindilar” Rossiya poytaxtida kriminogen vaziyatni yomonlashtirishga sabab bo‘layotganini ta’kidladi. Mutaxassislar esa bosh politsiyachi bayonotiga jiddiy shubha bilan qaramoqda.

11 may kuni Rossiya poytaxtida Budapesht va Moskva politsiyasi rahbariyati uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan Moskva shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Anatoliy Yakunin vengriyalik hamkasblariga Rossiya poytaxtida “etnik jinoyat”ga qarshi kurash usullari haqida so‘zlab, bunday dedi:

- Turli mamlakat jinoyatchilari turli tillarda so‘zlashadi, ammo biz, huquq muxofazachilari uchun bu to‘siq bo‘la olmaydi. Noqonuniy migratsiya poytaxtimizda kriminogen vaziyatga jiddiy ta’sir o‘tkazib kelayotir. Moskvada jinoyatlarning 20 foizi amalda nolegal migrantlar tomonidan sodir etilmoqda. Biz bu sohaga birinchi darajali e’tibor qaratib, hatto jinoyat-qidiruv bo‘limi huzurida maxsus tuzilma – Etnik jihatdan uyushgan guruhlarga qarshi maxsus bo‘linmalar boshqarmasini tashkil etdik. Bu tashabbus allaqachon o‘z natijasini bermoqda, dedi evropalik politsiyachilarga nolegal muhojirlarga qarshi kurashish usullarini o‘rgatgan Anatoliy Yakunin.

Bundan oldinroq politsiya rahbariyati Moskvada talon-taroj va jinsiy tajovuzlar aksar holatda muhojirlar tomonidan sodir etilayotganiga e’tibor qaratgan edi.

Biroq mutaxassislar politsiya rahbariyati bayonotlari ko‘p hollarda mutlaqo asossiz ekanini ta’kidlamoqda.

Politsiya rasmiy saytida oldinroq e’lon qilingan statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda Moskva shahar politsiya bo‘linmalarida 195,2 ming jinoyat qaydga olingan. Jumladan, xorij fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslar tomonidan 9,7 ming, ya’ni 4,9 foiz jinoyat sodir etilgani politsiya tomonidan rasman xabar etilgan edi.

Moskvadagi “Farg‘ona.ru” axborot agentligi rahbari Daniil Kislov Yakunin keltirayotgan raqamlarga 3,5 ming xorijlik sodir etgan ma’muriy qonunbuzarliklar ham kiritilganini aytdi.

Ozodlik bilan suhbatda Daniil Kislov rus politsiyasi rahbariyati tomonidan muhojirlarga qarshi qilinayotgan bunday asoslanmagan bosimni “oddiy usuli” deb atadi.

- Oxirgi yillarda politsiya va migratsiya xizmati amaldorlari keltirayotgan raqamlarni ko‘p hollarda propaganda usullari sifatida qabul qilish kerak, deb o‘ylayman. Ular 20, 10 foiz deyishi mumkin, “ko‘pchilik muhojirlar” deganini kuzatganmiz, vaholanki bu 50 foizdan ziyod degani. Kimga kerak bunday yolg‘on?! Bu raqamlarni hammasini tekshirish lozim. Ichki ishlar keltirayotgan rasmiy raqamlardan, masalan, 20 emas 4-5 foizni hisoblab chiqish mumkin. Axir bu jinoyatlarning aksar qismi – ma’muriy qonunbuzarliklar!,- dedi Daniil Kislov.

Agentlik rahbari “muhojirlar” iborasi ortida Rossiya fuqarolari bo‘lgan “ichki migrantlar” ham turganini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak, deydi.

"Фарғона.ру" бош муҳаррири Даниил Кислов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:56 0:00
Бевосита линк

Uning fikricha, bunday noaniq va oshirib ko‘rsatilgan statistika Rossiya politsiyasiga byudjetdan qo‘shimcha mablag‘ olishga imkon beradi.

- Har holda, raqamlar oshirib yuborilgan. Bunday ma’lumotlar “Rossiya O‘zbekiston bilan viza rejimini joriy etmoqchi” kabi turli mishmishlarni ham keltirib chiqarmoqda. Yakunin bayonoti ovrupolik amaldor bilan uchrashuv chog‘ida bildirilgani ham e’tiborga molik: Rossiya “migrantlardan izolyatsiya” kursini tanlagani, Yevropa davlatlarini ham o‘z yurtlariga suriyalik va boshqa qochqinlarni kiritmaslikka da’vat etayotganiga o‘xshaydi. Shu tariqa Rossiya boshqa mamlakatlar qatorida nolegal o‘zbek-tojiklarga qarshi kurashni yanada kuchaytirishga intilayotgandek tuyulayapti. Qolaversa, bu propaganda yana bir maqsad ko‘zlaydi: qo‘rqitish! Politsiya uchun eng asosiysi - xavf mavjudligi ko‘rinishini yaratib, byudjetdan ko‘proq davlat pulini olishdir.Shu sababli, “Antiterror” kabi tuzilmalar atrofda terrorchilik xavfi yuqoriligi bilan, yaqinda politsiya tarkibiga kiritilgan migratsiya idorasi esa – noqonuniy migrantlar soni va jinoyatlar ko‘lami bilan aholini qo‘rqitib keladi, dedi Daniil Kislov.

XS
SM
MD
LG