Линклар

O‘zbekistonlik Ruslan Chagaevni mag‘lub etgan avstraliyalik bokschi Lukas Braun ikkinchi marta doping sinovidan o‘t olmagach jahon chempionligi kamaridan mahrum etilgan va olti oyga boksdan chetlatilgan.

Ayni paytda dongdor Ruslan Chagaevga chempionlik kamari qaytarib berilgan.

37 yoshli Lukas Braun shu yilning 5 mart kuni professional boksning WBA tasnifida eng og‘ir vazn toifasida jahon chempionligi uchun Chechenistonning Grozniy shahrida bo‘lib o‘tgan jangda o‘zbekistonlik Ruslan Chagaevni mag‘lub etgan edi.

Chempionlik kamarini qaytarib olgan Chagaev endilikda o‘zining sobiq raqibi Fres Okendo bilan jang qilish uchun muzokaralarini boshlashi mumkin.

XS
SM
MD
LG