Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:12

"GM Uzbekistan" rahbari muovini 667 ming AQSh dollarini o‘zlashtirgan


“GM Uzbekistan” shirkati ta’minot tizimi direktori o‘rinbosari 70 ga yaqin fuqaroni chuv tushirgan.

O‘zbekistonda nashr etiluvchi "Huquq" gazetasi xabariga ko‘ra, “GM Uzbekistan” kompaniyasi ta’minot tizimi direktori o‘rinbosari Ravshan Iskandarov avtomobil olib berish va’dasi bilan 68 nafar fuqaroni aldagan.

Iskandarov 2012-2014 yillarda turli rusumdagi avtomobillarni ma’lum vaqtda olib beraman deya, fuqarolardan qariyb 667 ming dollar va 65,1 million so‘m mablag‘ yiqqan.

Bu borada unga to‘rt marta sudlangan tanishi Zaynobiddin Nizomov ko‘maklashgan.

Ammo yig‘ilgan pullar o‘zlashtirilib, va’da bajarilmagan. Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Anjidon viloyat sudi sudlanuvchilarga jazo muqarrarligini ta’minlagan.

GM Uzbekiston shirkati ta’minot tizimi rahbari muovini va bir qancha shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqda Ozodlik avval xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG