Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:21

Yevrovidenie 2016: Rossiya va Ukraina favoritlar qatorida


14 may oqshomida Shvetsiya poytaxti Stokxolmda “Yevrovidenie” qo‘shiq tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Avstraliya, Rossiya, Ukrainadan kelgan qo‘shiqchilar asosiy favorit sifatida ko‘rilmoqda. Bu yilgi "Yevrovidenie" qo‘shiq tanlovi Rossiya va Ukraina orasidagi keskinlik manzarasida kechmoqda.

Ukrainadagi voqealar manzarasida o‘tayotgan tanlovning final bosqichiga ukrainalik va rossiyalik qo‘shiqchilar ham chiqishgan.

Bu yil tanlovda Rossiyani Sergey Lazarev "Yagonamsan" qo‘shig‘i bilan tamsil etadi.

"Yevrovidenie" tanlovida Rossiyani Sergey Lazarev tamsil etadi.
"Yevrovidenie" tanlovida Rossiyani Sergey Lazarev tamsil etadi.

Ukrainadan esa 32 yoshli qrim tatar xonandasi Jamala qo‘shiq tanlovi finaliga chiqdi.

Jamala qrim tatarlarning 1944 yilda Markaziy Osiyoga badarg‘a etilishi haqidagi “Men bu yerda yashay olmadim“ qo‘shig‘i bilan tanlovda qatnashmoqda.

Jamala qrim tatarlarning 1944 yilda Markaziy Osiyoga badarg‘a etilishi haqidagi “Men bu erda yashay olmadim“ qo‘shig‘i bilan tanlovda qatnashmoqda.
Jamala qrim tatarlarning 1944 yilda Markaziy Osiyoga badarg‘a etilishi haqidagi “Men bu erda yashay olmadim“ qo‘shig‘i bilan tanlovda qatnashmoqda.

Shuningdek, Avstraliya, Armaniston, Ozarbayjon ham favoritlar qatorida tilga olinmoqda.

Qoidaga ko‘ra, qaysi mamlakat qo‘shiqchisi "Yevrovidenie" tanlovida g‘olib chiqsa kelgusi yildagi tanlovga shu mamlakat mezbonlik qiladi.

“Yevrovidenie” tanlovida doim qo‘shnilar ovozi muhim bo‘lib kelgan.

Tomoshabinlar qo‘shiqqa emas, davlatning siyosiy mavqesi va geografik joylashuviga qarab ovoz berishi ko‘p yillardan buyon tanqid qilib kelinadi.

Ukraina bo‘xronidan oldin Rossiya va Ukraina doim biri birlariga eng ballni berib kelishgan.

2004 yilda “Yovvoyi raqs” qo‘shig‘i bilan “Yevrovidenie” tanlovi g‘olibi bo‘lgan ukrainalik Ruslana Rossiyadan eng yuqori 12 ballni olgani ko‘pchilikning yodida.

Ruslana 2004 yilda “Yovvoyi raqs” qo‘shig‘i bilan “Yevrovidenie” tanlovi g‘olibi bo‘lgan.
Ruslana 2004 yilda “Yovvoyi raqs” qo‘shig‘i bilan “Yevrovidenie” tanlovi g‘olibi bo‘lgan.

2008 yilda rossiyalik xonanda Dima Bilanning "Yevrovidenie" tanlovida g‘olib chiqishida ukrainaliklarning ovozi muhim rol o‘ynaganini ham ko‘pchilik unutmagan bo‘lsa kerak.

Dima Bilan 2008 yilgi tanlovda Ukrainadan eng yuqori 12 ballni olgandi.

Rossiyalik Dima Bilanning muvaffaqiyati sabab "Yevrovidenie" tanlovi 2009 yilda Moskvada bo‘lgandi.
Rossiyalik Dima Bilanning muvaffaqiyati sabab "Yevrovidenie" tanlovi 2009 yilda Moskvada bo‘lgandi.

1956 yildan buyon har yili o‘tkazib kelinadigan qo‘shiq tanlovida Yevropaning 46 davlatidan qo‘shiqchilar qatnashadi.

XS
SM
MD
LG