Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:37

Moskva qabristonidagi to‘qnashuvda kamida ikki odam halok bo‘ldi


Rossiya poytaxti Moskvaning Xovan qabristoni hududidagi to‘qnashuvda bugun kamida ikki odam halok bo‘ldi.

500 nafar markaziy osiyolik ishtirokidagi ommaviy mushtlashuv oqibatida o‘nlab odam yaralandi.

Guvohlar hodisa joyida o‘q tovushlari eshitilgani va otishmalar hozir ham davom etayotganini aytmoqda. Hodisa joyiga OMONchilar jalb qilingan.

Jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklarning bor-yo‘qligi ma’lum emas.

Politsiya halok bo‘lganlarni shaxsi o‘rganilayotganini aytdi.

Novosti agentligi xabariga ko‘ra, aksari markaziy osiyolik bo‘lgan mushtlashuv ishtirokchilari tayoqlar, armatura bo‘laklari bilan qurollangan bo‘lgan.

Janjal qabriston hududi ustida chiqqan. Ular xizmat qilishi kerak bo‘lgan qabriston hududini bo‘lisha olmaganliklari aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG