Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:37

Rossiya FK O‘zbekiston va Tojikiston bilan viza joriy etish talabi bilan chiqdi


Rossiya Federatsiya Kengashi MDHga a’zo qator davlatlar, jumladan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga viza tartibini joriy etish talabi bilan chiqdi.

Federatsiya Kengashi mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Serebrennikovning RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, bunday talabning qo‘yilishi Moskvadagi Xovanskiy qabristonidagi kabi qonli hodisalarni bartaraf etishga qaratilgan.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, shanba kuni Moskvaning Xovanskiy qabristonida yuz bergan ommaviy janjalda uch kishi halok bo‘lgan va yana 23 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, janjalda O‘rta Osiyolik va Qafqozlik 200ga yaqin odam ishtirok etgan va ulardan 50 nafari hodisa joyida ushlangan.

RIA Novosti agentligi o‘z manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, janjal qabristonda ishlovchi Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolariga Dog‘iston va Chechenistonliklarning hujum qilishi bilan boshlangan.

Qonli hodisaga kavkazliklarning o‘rta osiyoliklardan o‘lpon talab qilishi sabab bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG