Линклар

Suriyalik faollarga ko‘ra, "Islomiy davlat" ekstremist guruhining jangchilari sharqiy Dayr az-Zur shahridagi kasalxonani qisqa muddat ishg‘ol etib turganlar.

14 may tongida boshlatilgan hujum qamal qilingan shahar g‘arbidagi "Assad" nomli shifoxonani hadafga olgan.

Britaniyada joylashgan tashkilot - Suriya Inson Haqlari Observatoriyasining ma’lum qilishicha, hujum chog‘ida 35 nafar hukumat askari o‘ldirilgan va shifoxonaning bir nechta xodimi garovga olingan.

"Islomiy davlat" jangchilaridan kamida 24 nafari halok bo‘lgani xabar qilinadi.

Hukumat kuchlari, bir necha soat davom etgan qaqshatqich janglardan keyin, kasalxonani qayta ishg‘ol etganglar, ammo garovga olinganlarning taqdiri noma’lum qolmoqda.

Neftga boy Dayr az-Zur mintaqasi "Islomiy davlat" guruhining asosiy tayanch nuqtasi bo‘lgan Raqqa viloyati uchun asosiy ta’minot yo‘li hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG