Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:16

Jamala "Yevrovidenie" qo‘shiq tanlovida g‘olib chiqdi


Jamalaning g‘alabasi kelgusi yilda bo‘lib o‘tajak tanlovga Ukrainaning mezbonlik qilishini anglatadi
Jamalaning g‘alabasi kelgusi yilda bo‘lib o‘tajak tanlovga Ukrainaning mezbonlik qilishini anglatadi

Ukrainalik san’atkor Jamala 61-bor o‘tkazilgan Yevropaning eng yirik televizion ko‘rsatuvi - "Yevrovidenie" qo‘shiq tanlovida g‘alaba qozondi.

Bu yilgi "Yevrovidenie" qo‘shiq tanlovi Rossiya va Ukraina orasidagi keskinlik manzarasida kechdi.

Qrim tatar millatiga mansub 32 yashar Jamala 15 may kuni erta tongda - Yevropa bo‘ylab hakamlar va tomoshabinlar bergan ovoz natijalariga ko‘ra - eng ko‘p bal to‘plab, g‘olib deya e’lon qilindi.

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda o‘tkazilgan grand finalda Avstraliya va Rossiya ikkinchi va uchinchi o‘rinni egalladi.

Bu yil tanlovda Rossiyani Sergey Lazarev "Yagonamsan" qo‘shig‘i bilan tamsil etdi.

"Yevrovidenie" tanlovida Rossiyani Sergey Lazarev tamsil etdi.
"Yevrovidenie" tanlovida Rossiyani Sergey Lazarev tamsil etdi.

Jamala qrim tatarlarning 1944 yilda Markaziy Osiyoga badarg‘a etilishiga bag‘ishlangan "Men bu yerda yashay olmadim" qo‘shini taqdim etdi.

Jamala qrim tatarlarning 1944 yilda Markaziy Osiyoga badarg‘a etilishi haqidagi “Men bu yerda yashay olmadim“ qo‘shig‘i bilan qatnashdi.
Jamala qrim tatarlarning 1944 yilda Markaziy Osiyoga badarg‘a etilishi haqidagi “Men bu yerda yashay olmadim“ qo‘shig‘i bilan qatnashdi.

Final bosqichga etib borgan 26 san’atkor ijrosidagi shou ko‘rsatuv Yevropa, Xitoy, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Qo‘shma Shtatlardan 200 million tomoshabinga yoyinlandi.

Mukofotni olarkan Jamala “barchaga tinchlik va sevgi” istashini aytdi.

"Qo‘shnilar ovozi"

“Yevrovidenie” tanlovida doim qo‘shnilar ovozi muhim bo‘lib kelgan.

Tomoshabinlar qo‘shiqqa emas, davlatning siyosiy mavqesi va geografik joylashuviga qarab ovoz berishi ko‘p yillardan buyon tanqid qilib kelinadi.

Ukraina bo‘xronidan oldin Rossiya va Ukraina doim biri birlariga eng ballni berib kelishgan.

2004 yilda “Yovvoyi raqs” qo‘shig‘i bilan “Yevrovidenie” tanlovi g‘olibi bo‘lgan ukrainalik Ruslana Rossiyadan eng yuqori 12 ballni olgani ko‘pchilikning yodida.

Ruslana 2004 yilda “Yovvoyi raqs” qo‘shig‘i bilan “Yevrovidenie” tanlovida g‘alaba qilgandi.
Ruslana 2004 yilda “Yovvoyi raqs” qo‘shig‘i bilan “Yevrovidenie” tanlovida g‘alaba qilgandi.

2008 yilda rossiyalik xonanda Dima Bilanning "Yevrovidenie" tanlovida g‘olib chiqishida ukrainaliklarning ovozi muhim rol o‘ynaganini ham ko‘pchilik unutmagan bo‘lsa kerak.

Dima Bilan 2008 yilgi tanlovda Ukrainadan eng yuqori 12 ballni olgandi.

Rossiyalik Dima Bilanning muvaffaqiyati sabab "Yevrovidenie" tanlovi 2009 yilda Moskvada bo‘lgandi.
Rossiyalik Dima Bilanning muvaffaqiyati sabab "Yevrovidenie" tanlovi 2009 yilda Moskvada bo‘lgandi.

1956 yildan buyon har yili o‘tkazib kelinadigan qo‘shiq tanlovida Yevropaning 46 davlatidan qo‘shiqchilar qatnashadi.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Jamalaning “ishonib bo‘lmas ijrosi va g‘alabasi”ni olqishladi.

Ukraina 2004 yildan buyon ikkinchi bor g‘alabaga erishdi.

Jamalaning g‘alabasi Ukrainaning kelgusi yilda bo‘lib o‘tajak tanlovga mezbonlik qilishini anglatadi.

XS
SM
MD
LG