Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:30

Obama Yevropa yetakchilari bilan Rossiya agressiyasini muhokama qildi


Obama va Shimoliy Yevropaning besh lideri
Obama va Shimoliy Yevropaning besh lideri

Kecha AQSh Prezidenti Barak Obama Shimoliy Yevropaning besh lideri bilan Oq uyda o‘tkazgan muzokaralar davomida Rossiyaning kuchayib borayotgan harbiy ambitsiyalarini muhokama qildi.

Shvetsiya, Daniya, Finlandiya, Norvegiya va Islandiya rahblarlari qatnashgan uchrashuvlar yakunda prezident Obama “Hammamiz Rossiyaning Boltiq hamda Skandinaviya hududida kuchayib borayotgan, agressiv harakatlaridan xavotirdamiz”, dedi.

AQSh prezidenti olti mamlakat Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmaslik zarur ekanligi haqida kelishib olganini bildirdi.

Obama avvalroq Vashington tangliklarni ozaytirishni istasa-da, Rossiyaning har qanday agressiyasiga javob berishga tayyor ekanligini aytgan edi.

“Biz muntazam ravishda dialog qilishga hamda Rossiya bilan hamkorlik qilishga intilamiz, ammo biz tayyor va kuchli ekanligimizga amin bo‘lishni hamda Rossiyani o‘z harbiy harakatlari bilan xalqaro majburiyatlarini buzmaslikka chorlashni istaymiz”, degan edi prezident.

Uchrashgan olti davlat etakchilari e’lon qilgan umumiy bildiruvda ular Rossiyaning Boltiq dengizidagi harakatlaridan, jumladan, “uning yadroviy harakatlari, e’lon qilinmagan mashqlari hamda Rossiya uchoq va suv osti kemalarining provokatsion harkatlaridan xavotirda ekanliklari” aytilgan.

Bu uchrashuvdan bir necha soat avval AQSh hamda Polьsha rasmiylari shimoliy Polshada Amerika etakchiligida yaratiladigan yangi inshoot qurilishini ramziy boshlab berishdi.

12 may kuni AQSh Moskva e’tirozlariga qaramasdan Ruminiyada ilk marotaba raketalarga qarshi kurashuvchi tizimni ish holatiga keltirdi.

13 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa AQShning Yevropadagi aksilraketa tizimlari Moskvani “Rossiya xavfsizliga uchun tug‘ilayotgan tahdidlarni bartaraf etish haqida o‘ylashga majburlashini” aytdi.

Harbiy rasmiylar bilan uchrashgan Putin NATOning raketalardan himoyalanish dasturi global xavfsizlikka tahdid solishini aytdi.

Prezident Rossiya “yirik harbiy konfliktlardan saqlovchi eng ishonchli kafolat hisoblanmish strategik muvozanatni saqlab qolish uchun har qanday chora ko‘rishini” aytdi.

Ammo Putin Rossiya yangi harbiy poyga boshlashni istamasligini qo‘shimcha qildi.

Polьsha shimolida joylashgan Redzikovo qishlog‘idagi inshootni 2018 yilgacha qurib bitish rejalashtirilgan.

Rossiyaning Kaliningrad eksklavidan 250 km masofada joylashgan inshootga 24 dona “SM-3” raketalari hamda uchoqlarga qarshi tizimlar o‘rnatiladi.

Bu inshoot Yevropani raketalardan himoya qilishga qaratilgan qalqonning yakuniy bo‘g‘inidir. Mazkur tizim iyul oyida qurib bitiriladi va NATOga topshiriladi. U Germaniyada joylashgan AQSh harbiy bazasidan turib boshqariladi.

XS
SM
MD
LG