Линклар

Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutko taqiqlangan preparatlarni qo‘llanganlikda ayblangan rossiyalik sportchilar uchun kechirim so‘radi.

Britaniyaning The Sunday Times gazetasida nashr etilgan maqolasida Mutko Rossiya sportni "toza va halol" bo‘lishiga harakat qilayotganini aytdi.

"Atletlar bizni va butun dunyoni aldashga uringan sportchilar avvalroq ushlanmagani uchun kechirim so‘raymiz", deb yozadi Rossiya Sport vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Rossiya yengil atletikasi federatsiyasi a’zoligining yangil atletikachilar federatsiyalari Xalqaro federatsiyasida to‘xtatilishi sabablari rasman isbotlangan va ishonchli ko‘rinadi".

Mutkoning ta’kidlashicha, "Federatsiya, sportchilar va murabbiylar tomonidan jiddiy hatolarga yo‘l qo‘yilgan".

Ammo The Sunday Times Mutkoning Rossiya rasmiylarining doping janjaliga aloqadorligini gapirmayotganigiga alohida e’tibor qaratgan.

O‘tgan hafta Amerikaning The New York Times gazetasi o‘nlab rossiyalik sportchilar, jumladan, Sochi Olimpiadasi ishtirokchilari taqiqlangan preparatlardan foydalangani haqida maqola chop etgandi.

Unda davlat tomonidan idora etiladigan va bir necha yil davomida izchil nazorat qilingan "doping dastur" mavjudligi haqida ham so‘z boradi.

Avvalroq bu ayblovlarni Vitaliy Mutko "bema’ni" deb atagan va Rossiya sportchilariga qarshi "axborot urushi" borligini aytgandi.

XS
SM
MD
LG