Линклар

“Islomiy davlat” ekstremist guruhi zimmasiga olgan xudkushlik hujumida Yaman janubidagi Mukalla shahrida kamida 25 odam halok bo‘ldi.

Qurbonlarning aksari politsiyaga ishga kirishni niyat qilgan odamlar bo‘lgani xabar qilinadi.

“Islomiy davlat” o‘zining “Amaq” onlayn yangiliklar agentligi orqali hujumchining belidagi detonatorlarni ishga solgan “shahid” ekanini ma’lum qildi.

Mukalla shahri uzoq paytlardan buyon al-Qoida jangarilarining markazi hisoblanardi.

O‘tgan oy Yaman hukumati Birlashgan Arab Amirliklari dastagida harbiy amaliyot o‘tkazib, shahardan jangarilarni siqib chiqargandi.

XS
SM
MD
LG