Линклар

Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘onning qizi Sumaya Erdo‘g‘onning Selchuk Bayraktarga turmushga chiqish tantanasida xorijlik va mahalliy olti ming mehmon ishtirok etdi.

To‘y 14 may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan.

Mehmonlar orasida Turkiya hukumati amaldorlari bilan bir qatorda Bosniya va Gertsogovina parlamenti raisi Bakir Izetbegovich, Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif, Albaniya bosh vaziri Edi Rama va Livanning sobiq bosh vaziri Saad Xariri ham bo‘lgan.

Sumaya Erdo‘g‘onning kichik qizi. Turk prezidentining ikki qiz va ikki o‘g‘li bor. Uning kuyovi Selchuk Bayraktar esa turkiyalik mashhur ishbilarmon O‘zdemir Bayraktarning o‘g‘lidir.

XS
SM
MD
LG