Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:59

Xitoy ekspertlari Orolbo‘yidagi vaziyatni o‘rganadi


O‘zbekiston va Xitoy hukumati xitoylik ekspertlarning Orolbo‘yi hududiga kompleksli ekspeditsiya bilan jo‘natilishi to‘g‘risidagi notani imzoladi.

“Pravda Vostoka” gazetasining xabar berishicha, xitoylik eskpertlar Orolbo‘yi ekologiyasini va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash masalasi bo‘yicha loyihalarni tayyorlashda ishtirok etadi.

Loyihalarda, jumladan, butali o‘simliklardan o‘rmon yaratish ortidan Orolbo‘yidan tuz va changning boshqa hududlarga tarqalishining oldini olish nazarda tutilgan.

O‘zbekiston vazirlar mahkamasi 2015 yilning avgustida Orol inqirozi oqibatlarini yumshatish hamda Orolbo‘yi hududini ijimtoiy hamda iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturini qabul qilgan edi.

XS
SM
MD
LG