Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:05

O‘zbekistonda bu yil shakar taqchilligi bo‘lmasligi va’da qilindi


O‘zbekistonda joriy yilgi murabbo mavsumida shakar taqchilligiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, shakar taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “Xorazm shakar” va “Angren shakar” shirkatlariga shakar ishlab chiqarishni ko‘paytirish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan. Qo‘mita ayni paytda shakar ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 118,6 foizga ko‘payganini ma’lum qilgan.

May – avgust oylari oralig‘ida esa shakar ishlab chiqarishni yana 1,6 marotaba ko‘paytirish rejalashtirilgan. Qo‘mita bugungi kunda 1 kilo shakarning narxi 3200 so‘mdan 3700 so‘mgacha ekanini ma’lum qilgan.

O‘zbekistonda har yili murabbo mavsumida shakar taqchilligi kuzatiladi. Mazkur taqchillik ortidan shakar narxi keskin ko‘tarilib ketadi.

XS
SM
MD
LG