Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:02

Qrimda deportatsiya qilingan qrim tatarlari xotirlandi


Qrimda qrim tatarlarining 1944 yilda o‘z vatanlaridan ommaviy deportatsiya qilinishining navbatdagi yilligini xotirlash tadbirlari doirasida “Chotirtoqqa ko‘tarilish” aksiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda uch mingdan ortiq odam ishitrok etdi. Qrim musulmonlari muftiyatining ma’lum qilishicha, toqqa ko‘tarilish oldidan muftiy o‘rinbosari Ayder Ismailov qrim tatarlarni “har qanday vaziyatda ham tushkunlikka tushmaslikka va doimo birdam bo‘lish”ga chaqirdi.

1944 yilning 18 mayidan 24 mayiga qadar SSSRning o‘sha paytdagi rahbari Stalin ko‘rsatmasi bilan Qrimdan 200 ming qrim tatar Markaziy Osiyo, Sibir va Uralga badarg‘a qilingan edi.

2016 yil aprelida Moskva anneksiya qilingan Qrimda qrim tatarlari milliy majlisi faoliyatini taqiqladi. AQSh, Yevropa Ittifoqi, Ukraina va Turkiya bu taqiqqa norozilik bildirdi.

Qrim tatar majlisi Moskvaning bu harakatini “bosqinchi davlatning navbatdagi jinoyati”, deb baholadi.

XS
SM
MD
LG