Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:25

Iroqda terror hurujlarida 30ga yaqin odam halok bo‘ldi


Iroqda janggarilar uyushtirgan terror harakatlarida 30ga yaqin odam halok bo‘ldi va o‘nlab odam yaralandi.

15 may kuni Bag‘dod yaqinidagi gaz zavodida hudkush portlovchi moddalar yuklangan avtomashinada o‘zini portlatib yuborgan. Portlashdan so‘ng janggarilar guruhi zavodga bostirib kirib, xavfsizlik kuchlari bilan jang qilgan.

Hukumat kuchlari zavodda nazoratni o‘z qo‘llariga olguniga qadar janggarilar tomonidan gaz saqlanuvchi uchta omborga o‘t qo‘yilgan.

15 may kuni Bag‘doddan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan Latifiya shahridagi bozorda mina o‘rnatilgan avtomashina portlatilishi oqibatida yetti odam, jumladan, ikki askar halok bo‘lgan, 18 odam yaralangan.

XS
SM
MD
LG