Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:22

Moskvadagi qabristonda mushtlashgan muhojirlar deportatsiya qilinadi


Moskvaning Xovansk qabristonida ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan paytda qo‘lga olinganlarning 40 nafardan ko‘prog‘i migratsiya qonunchiligini buzgani uchun o‘z vatanlariga deportatsiya qilinadi.

Bu haqda yakshanba kuni Novosti agentligi huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayangan holda xabar tarqatdi.

Ozodlik radiosi 14 may kuni Moskvaning Xovansk qabristonida yuz bergan ommaviy janjalda uch nafar Tojikiston fuqarosi halok bo‘lgani va yana 23 nafari shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edi.

Yaralanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi xabar qilinadi.

Xabarda ta’kidlanishicha, janjalda o‘rta osiyolik va kavkazliklik 200ga yaqin odam ishtirok etgan va ulardan 50 nafari hodisa joyida ushlangan.

Novosti agentligi o‘z manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, janjal qabristonda ishlovchi Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolariga dog‘istonlik va chechenistonliklarning hujum qilishi bilan boshlangan.

Qonli hodisaga kavkazliklarning o‘rta osiyoliklardan o‘lpon talab qilishi sabab bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG