Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:12

Rus matbuoti Jamalaning Yevronigohdagi g‘alabasiga qarshi chiqmoqda


Rossiya ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda ukrainalik Jamalaning Yevronigoh tanlovida g‘olib chiqqaniga norozilik bildirilmoqda.

Qrim tatar millatiga mansub 32 yashar Jamala Shvetsiya poytaxti Stokholmda o‘tkazilgan tanlov finalida qrim tatarlarining vatanidan deportatsiya qilingani to‘g‘risidagi “1944” qo‘shig‘ini ijro etgan.

Mazkur qo‘shiq Yevronigoh tanlovi tarixida g‘alabaga erishgan eng bahsli qo‘shiq bo‘ldi.

Tanlov tashkilotchilari Jamalaning qo‘shig‘ida “siyosiy va shunga o‘xshash ohanglar, so‘zlar hamda harakatlar” yo‘q ekani va bu bilan tanlov sharti buzilmaganini aytmoqda.

Rossiya ommaviy axborrot vositalarida esa Jamalaning qo‘shig‘i siyosiy xarakterga ega bo‘lgani, unda siyosiy xulosalar mavjudligini iddao qilmoqda.

XS
SM
MD
LG