Линклар

Rossiyaning Kaluga viloyatida pul evaziga O‘zbekiston fuqarosiga uylangan yigit javobgarlikka tortildi. Eng qizig‘i 24 yoli bu yigit o‘zbekistonlik soxta xotini bergan pul bitta shim sotib olishga etgan xolos.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, Kaluga viloti sudi Jukov tumani turg‘uni bo‘lgan 24 yoshli yigit va o‘zbekistonlik muhojir ayol o‘rtasidagi nikohni bekor qilgan. Prokuratura o‘tkazgan tergov natijasida “eri-xotin” birga yashamagani aniqlangan va ular to‘lov evaziga soxta nikohdan o‘tishgani isbotlangan.

Sud majlisida “kuyov bola” o‘zbekistonlik ayolga pul eavziga uylanganini tan olgan. U 10 ming rublga teng gonorarga bitta shim sotib olgan va do‘sti bilan “to‘yini yuvgani”ni ham gapirib bergan.

XS
SM
MD
LG