Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:39

Chelyabinskda hibsga olingan muhojirlar orasida o‘zbeklar ham bor


Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida politsiya qo‘lga olgan 50dan oshiq mehnat muhojiri orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi aytilmoqda.

Mahalliy nashrlarda berilayotgan xabarlarga ko‘ra, 12 may kuni Chelyabinsk viloyatining Argayash tumani issiqxona xo‘jaliklarida politsiya reyd o‘tkazgan. Melnikovo qishlog‘i yaqinidagi amaliyot paytida 50dan oshiq muhojir, jumladan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy fuqarolari qo‘lga olingan.

Xorij fuqarolarining hujjatlari tekshirilishi natijasida 14 kishiga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. To‘rt nafar muhojirni Rossiyadan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qilingan.

Xabarda javobgarlikka tortilgan muhojirlar orasida o‘zbekistonliklar bor-yo‘qligi aniqlashtirilmagan.

XS
SM
MD
LG