Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:20

Afg‘oniston poytaxtida minglab hazaralar elektr talab qilib norozilikka chiqdi


Kobulda minglab hazara shialari ko‘p million dollarlik elektr liniyasi ular yashaydigan hududdan o‘tkazilishini talab qilib namoyish o‘tkazdi. Politsiya norozilar prezident saroyi joylashgan maydonga o‘ta olmasliklari uchun Afg‘oniston poytaxti markaziga eltuvchi asosiy yo‘llarni to‘sib qo‘ydi.

Milliy ozchilik bo‘lgan hazara etakchilari Turkmanistondan Kobulga tortilgan 500 kilovattlik elektr liniyasi hazara aholisi ko‘pchilikni tashkil etuvchi Bomiyon viloyati orqali o‘tkazilishini talab qilishdi.

Kobuldagi do‘konlarning ko‘pchiligi yopib qo‘yildi va katta miqdorda politsiya kuchlari tashlandi. AQSh elchixonasi va BMTga doir ko‘plab binolar ham dushanba kuni ishlamadi.

Elektr liniyasi dastlab Bomiyon orqali o‘tishi rejalangan edi. Lekin hukumat qisqaroq mosafadagi Salang darasi orqali sim tortilsa, millionlab dollar mablag‘ tejaligi vaji bilan rejalarni o‘zgartirdi.

Afg‘onistonning 10 viloyatiga elektr yetkazilishini ko‘zda tutuvchi liniya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston va Pokistonni birlashtiruvchi katta loyihaning bir qismidir. Mazkur loyiha Osiyo Taraqqiyot banki tomoniidan moliyalangan.

Afg‘onistonda hazara millati nufuzi 2,8 millionga teng ekani taxmin qilinadi.

XS
SM
MD
LG