Линклар

logo-print

Rossiyaliklar bu yilgi dam olish mavsumida Qrimga o‘tgan yildagiga nisbatan kamroq yo‘llanma olgan. Kommersant nashrining xabar qilishicha, bu yil sayohat firmalari Simferopolga 25 foizga kam chipta sotgan. Ayni paytda ayrim firmalar Qrimga sayohat qiymatini 30 foizga oshirganlar.

Gazetaning yozishicha, avvallari odatan Turkiya va Misrda dam olgan rossiyaliklarning beshdan bir qismigina bu yil Qrimga borishga qaror qilgan. Yarimorol 2014 yili Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda anneksiya qilingandi.

Hozirda rossiyaliklarning aksariyati Sochi, Anapa va Gelenjikda dam olmoqda. Dam oluvchilar fikricha, bu joylardagi infratuzilma sifati Qrimdagidan ancha yaxshiroqdir.

XS
SM
MD
LG