Линклар

Ozarbayjon va Armaniston prezidentlari Tog‘li Qorabog‘da otashkesim tartibiga va ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga tarafdor ekanlarini yana bir bor izhor etdilar. AQSh, Frantsiya va Rossiya diplomatlarining qo‘shma bayonotida Armaniston prezidenti Serj Sargsyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev dushanba kuni Venada ziddiyatni bartaraf qilish uchun maslahatlashuvlarni tiklash maqsadida kelishilgan joyda muzokaralarning yangi raundini o‘tkazish haqida kelishib olganlari aytiladi.

Amerikalik, fransiyalik va rossiyalik vositachilar ishtirokida Avstriya poytaxtida o‘tkazilgan uchrashuv Tog‘li Qorabog‘da aprel oyida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuvdan keyin Ozarbayjon va Armaniston liderlarining ilk yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ldi.

Boku va Yerevan mazkur mintaqadagi olti ekspertdan iborat YeXHT kuzatuvchilar missiyasini kengaytirishga ham kelishib olganlar.

XS
SM
MD
LG