Линклар

Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov 17 may kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Tashrif chog‘ida Borisovning O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashishi aytilgan bo‘lsa-da, bunga oid boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bolgariya bosh vaziri O‘zbekistonga hukumat delegatsiyasi bilan keladi. Safar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinishi aytilmoqda.

Bolgariya delegatsiyasining “O‘zbekiston nefti va gazi-2016” xalqaro ko‘rgazmasida ham ishtirok etishi kutilayotir.

XS
SM
MD
LG