Линклар

logo-print

Rossiyaning Tula viloyatida o‘zbekistonlik Sirojiddin Sheralievga nisbatan tergov yakunlandi va jinoyat ishi sudga jo‘natildi.

"Tulskie novosti" nashrining 17 may kuni xabar berishicha, 30 yoshli Sirojiddin Sheraliev kamida 5 odamni o‘ldirganlikda ayblanmoqda. O‘ldirilganlardan uch nafari balog‘atga yetmagan bola bo‘lgan.

Tergovning bildirishicha, Sheraliev 2015 yilning 30 mayida 14 yoshga yetmagan qizni zo‘rlaganiga guvoh bo‘lganlarni pichoqlab o‘ldirgan. Jinoyatchi voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan paytda politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Xabarda aytilishicha, Sheraliev o‘ldirmoqchi bo‘lgan, ammo baxtli tasodif tufaydi omon qolgan yana ikki odam -37 yoshli erkak va 8 yoshli bola qotilni tanib, ko‘rsatma bergan.

Sirojiddin Sheraliev tergovda o‘ziga bildirilgan ayblovni tan olgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG