Линклар

Vashington Iroq poytaxti Bag‘dodda amalga oshirilgan terror hujumlarini qoraladi.

17 may kuni Bag‘dodda sodir etilgan terrorchiliklarda kamida 69 odam halok bo‘ldi va yuzdan ortiq odam yaralandi.

Terror harakatlari asosan Bag‘dodning shialar yashovchi mavzelarida sodir etildi. Al Shaab mavzesidagi portlashda 44 odam halok bo‘lgan. Mazkur voqeadan so‘ng Iroq bosh vaziri Haydar al Abodiy Al Shaab mavzesi xavfsizlik xizmati rahbarini qamoqqa olish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.

Al Rashid mavzesidagi portlashda 6 odam halok bo‘ldi va 21 odam yaralandi. Sadr Siti mavzesidagi bozorda sodir etilgan terror harakatida kamida 15 odam halok bo‘lgan va 30 odam yaralangan.

So‘nggi olti kun ichida Bag‘dodda amalga oshirilgan terrorchiliklarda kamida yuz nafar odam halok bo‘ldi.

Hozirgacha portlashlar uchun mas’uliyatni hech bir guruh zimmasiga olgan emas.

XS
SM
MD
LG