Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:11

XVJ Eronga neftdan tushayotgan daromadga ortiqcha ishonmaslikni tavsiya qildi


Xalqaro valyuta jamg‘armasi Eronni neft sotilishidan tushadigan daromadga ortiqcha ishonmaslik haqida ogohlantiridi hamda xalqaro iqtisodiyot bilan hamkorlik qilishning boshqa yo‘llarini izlashga chaqirdi.

Eron markaziy bankida 17 may kuni o‘tgan uchrashuv paytida Xalqaro valyuta jamg‘armasi raisining o‘rinbosari Devid Lipton “Tehronga nisbatan sanktsiyalar bekor qilingani ortidan mamlakat xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashuvning yangi imkoniyatlariga ega bo‘ldi”, deb bildirdi.

Eronga nisbatan xalqaro sanksiyalar joriy yilning yanvarida bekor qilingan edi. Shundan so‘ng Eron neft qazib chiqarishni keskin ko‘paytirdi va kuniga 4 million barrel neft ishlab chiqarmoqda. Sanktsiyalar bekor qilinguniga qadar Eronda kuniga 1 million barrel neft qazib olinar edi.

Lipton neft narxining 100 dollarga arzonlab 47 dollarga tushib qolganini e’tiborga olgan holda, neftdan tushayotgan daromad Eron iqtisodiyotining rivojlanishiga katta omil yarata olmaydi, deb hisoblashini aytdi.

Liptonning bildirishicha, Eron iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi neft ishlab chiqarishdan boshqa sohalarni taraqqiy ettirish va yangi ishchi o‘rinlari yaratishga bog‘liqdir.

XS
SM
MD
LG