Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:49

Rossiya Palmirada harbiy baza tashkil etilayotganini inkor qildi


Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyaning Palmira shahrida harbiy baza tashkil etilishi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.

Mudofaa vazirligi rasmiysi Igor Konashenkovning bildirishicha, Palmirada shaharni minalardan tozalash bilan shug‘ullanayotgan sapyorlarning vaqtinchalik lageri joylashtirilgan. Bu lager suriya hukumati roziligi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.

Seshanaba kuni Associated Press agentligi Rossiya YuNESKO himoyasidagi Palmira shahrida harbiy baza tashkil etayotgani to‘g‘risida xabar tarqatgan edi. Xabarda DigitalGlobe shirkatining sun’iy yo‘ldoshidan olingan fotosuratlarda Palmirada qurilish ishlari olib borilayotgani aks etgani aytilgan.

Suriyaning tarixiy Palmira shahri joriy yilning mart oyi oxirlarida Rossiya harbiy samolyotlari qo‘llab –quvvatlagan Suriya hukumat armiyasi tomonidan“Islomiy davlat” janggarilaridan ozod qilingan edi.

“Islomiy davlat” guruhi Palmirani egallab olganidan so‘ng ko‘plab tarixiy obidalar va yodgorliklarni buzib tashlagan.

XS
SM
MD
LG