Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:23

O‘zbekistonda joriy yilda ham bitiruv oqshomlarini o‘tkazish taqiqlandi


O‘zbekistonda o‘rta maktab bitiruvchilariga joriy yilda o‘qituvchilarga sovg‘a olish uchun pul to‘plash va bitiruv oqshomlarini o‘tkazish taqiqlandi.

Uz24.uz nashrining ma’lum qilishicha, xalq ta’limi vazirligi bo‘lim boshlig‘i B. Sattorov o‘qituvchilar va maktab direktorlaridan pul to‘planmasligi hamda bitiruv oqshomlari o‘tkazilmasligi haqida kafolat tilxati olinayotganini bildirgan..

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari esa maktablardagi ochiq maydonchalarda bir soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.

XS
SM
MD
LG