Линклар

logo-print

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida otashkesim tartibi o‘rnatilganiga qaramay, seshanba kuni Tog‘li Qorabog‘da bir ozarbayjon harbiysi hamda bir arman ayrimachisi halok bo‘ldi.

Xabarlarga qaraganda, mazkur shaxslar halok bo‘lgan otishma Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev va Armaniston prezidenti Serj Sarkisyan otishkesim tartibiga amal qilish va sulh bitimiga erishish masalasida kelishib olganidan so‘ng yuz bergan.

Dushanba kuni Avstriya poytaxti Venada amerikalik, frantsiyalik va rossiyalik vositachilar ishtirokida Ozarbayjon va Armaniston liderlari Tog‘li Qorabog‘da otashkesim tartibiga va ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga tarafdor ekanlarini bildirgan edi.

O‘tgan oyda Tog‘li Qorabog‘da so‘nggi yigirma yil ichida Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi eng keskin qurolli to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Tog‘li Qorabog‘ masalasida mazkur ikki davlat 1990 yildan beri bir biri bilan urush holatidadir.

XS
SM
MD
LG