Линклар

Moskvada odam o‘g‘irlaganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ishi sudga oshirildi.

CA-News agentligining xabar qilishicha ismlari keltirilmayotgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi 20 yoshli Qirg‘iziston fuqarosini o‘g‘irlab ketib, tovon puli talab qilganlikda ayblanmoqda.

Moskva shahar prokuraturasiga tayangan xabarga ko‘ra, ayblanuvchilar o‘g‘irlangan qirg‘izistonlikni Moskva viloyati Lenin tumanidagi Petrushino qishlog‘ida tutqunlikda ushlab turgan. Keyin uning amakisiga qo‘ng‘iroq qilib, jiyanining ozod etilishi evaziga 120 ming rubl talab qilishgan.

Hodisa qachon ro‘y bergani ham aniqlashtirilmagan xabarga ko‘ra, garovga olingan qirg‘izistonlik politsiya amaliyoti natijasida ozod qilingan.

Ushbu ish bo‘yicha tergov yakunlanib, Moskvaning Nagatino tumani sudiga oshirilgan.

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining Rossiyada jinoiy javobgarlikka tortilishi holatlari so‘nggi paytlarda ko‘paymoqda. 17 may kuni bundan bir yil avval Tulada bir oilaning besh a’zosini bo‘g‘izlab o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi Sriojiddin Sheralievning ishi sudga oshirilgani to‘g‘risida xabar qilindi.

Tergov xulosasiga ko‘ra, Sheraliev o‘tgan yilning may oyida mast holatda tanishi bo‘lgan ayolni o‘ldirgan. Shundan keyin jinoyatini xaspo‘shlash maqsadida uning 30 yashar qizi va uch nafar yosh bo‘lasini pichoqlab o‘ldirgan.

XS
SM
MD
LG