Линклар

O‘zbekiston Airbus Helicopters Fransiya-Germaniya qo‘shma korxonasi ishlab chiqargan harbiy vertolyotlarni sotib oldi. Bu haqda CA-News agentligi I-mash resursiga tayanib, bergan xabariga ko‘ra, AS332 Super Puma og‘ir transport vertolyoti va AS 350 Ecureil rusumidagi yengil vertolyotlarga buyurtma O‘zbekiston tomonidan 2013 yilda berilgan.

Ikkala rusumdagi vetolyotlardan sakkiz donadan sotib olingan va buyurtmaning umumiy qiymati 180 million yevroni (203 million AQSh dollari) tashkil etgan.

O‘zbekiston mudofaa vazirligi xorijdan vertolyot sotib olayotganini oshkor qilmagani ham qayd etilgan xabarga ushbu vertolyotlarda mashq o‘tkazayotgan O‘zbekiston harbiy havo kuchlari tasvirlangan targ‘ibot videosi ilova qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, bu video shu yilning fevral oyida tayyorlangan.

Global Firepower harbiy tadqiqotlar markaziga ko‘ra, dunyo reytingida 48 o‘rinni egallaydigan O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng qudratli hisoblanadi.

Yevropa Ittifoqi Andijon voqealari ortidan rasmiy Toshkentga nisbatan joriy etgan qurol embargosi olib tashlanganidan beri O‘zbekiston Yevropadan ilk bor harbiy uskuna sotib olmoqda.

XS
SM
MD
LG